
"Neftchi" "Metallurg" bilan o‘yinda O‘zbekiston chempionatidagi yubiley golini qayd etganini bilasizmi?
Ma’lumki, chempionatning dastlabki turida “Neftchi” klubi Bekobodda “Metallurg” darvozasiga javobsiz uchta gol urib g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda farg‘onaliklar a’zosi Umar Adhamzoda o‘z hisobiga ikkita gol yozib qo‘ydi va dublga erishdi.
Qizig‘i, Adhamzodaning uchrashuvda kiritgan uchinchi goli “Neftchi” klubi uchun yubiley golga aylandi. Bu xususida O‘zPFL matbuot xizmati shunday yozadi:
“Dastlabki turda Umar Adhamzoda tomonidan “Metallurg” darvozasiga kiritilgan so‘nggi gol “Neftchi” jamoasining O‘zbekiston chempionatida kiritgan 1600-goli sifatida qayd etildi”.
Fikrlar