“Neftchi” hujumchisi legionerga aylanishi mumkin

  • 8 iyul, 2023, 15:20
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz sayti jurnalisti – Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram kanalida “Neftchi” hujumchisi – Ulug‘bek Hoshimovning legionerga aylanish ehtimoli yuqori ekanligi haqida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, farg‘onaliklar a’zosi yozda RPLga yo‘l olishi mumkin.

Tecno

“Farg‘onaning “Neftchi” klubi a’zosi - Ulug‘bek Hoshimov faoliyatini RPLda davom ettirishi mumkin.Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi bilan “Ural” klubi jiddiy qiziqib qolgan.

Ulug‘bekning o‘zi ham kuchliroq chempionatga to‘p surishga qarshi emas. Ma’lum bo‘lishicha, agar “Ural” jiddiy taklif bilan chiqsa, “Neftchi” Hoshimovni kontrakti bor ekanligiga qaramay jamoani erkin  tark etishi uchun sharoit yaratib berishga tayyor.

Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.”

Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Neftchi” 13 o‘yinda 25 ochko jamg‘argancha turnir jadvalida 3 pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Норов Абдужалил
08/07/2023 16:37
Агар Россияда буладиган 12 июлдаги жавоб уйинида хам фаол булса аник сотиб олишади уртада Нефтчи хам маълум микдорда пул ишласа керак.
Норов Абдужалил
08/07/2023 16:36
Улугбек кечаги Урал билан уртоклик уйинида жуда фаол уйнади шунга улар кизикиб колишган