"Neftchi" futbolchisi jamoasini o‘zgartirdi
Mavsum avvalida “Neftchi” jamoasiga qo‘shilgan futbolchi Xusniddin G‘ofurov oradan ko‘p o‘tmasdan yana klubini o‘zgartirishga qaror qildi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, G‘ofurov “So‘g‘diyona” jamoasining mashg‘ulotlarida ishtirok etyapti. Tomonlar bu borada o‘zaro kelishuvga erishishgan.

Xusniddin “Neftchi”ga qo‘shilgach, Superliganing 4 ta o‘yinida maydonga tushib, bittadan sariq va qizil kartochka bilan “siylangan”. O‘zbekiston Kubogida esa uchta o‘yinda “Neftchi” sharafini himoya qilgan.



Fikrlar