"Neftchi" etakchisi yana sobiq klubiga qaytishi mumkin

  • 8 iyul, 2022, 10:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Neftchi” klubi Toshkentda yozgi yig‘inini boshladi. Yangi bosh murabbiy qo‘l ostida mashg‘ulotlarga kirishgan jamoa bor e’tiborini ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik ko‘rishga qaratgan.

Tecno

Tarkibda shubhasiz o‘zgarishlar bo‘ladi. Hozirdanoq bir qator o‘yinchilar tark etyapti. Xusniddin G‘ofurov “So‘g‘diyona”ga, Anvar G‘ofurov “Metallurg”ga ketdi. Legionerlar - Marko Sharich bilan Daniel Stoykovich ham jamoa bilan xayrlashishgan.

shaxzod

Bulardan tashqari, hujumchi Shahzod Ubaydullaevning “Neftchi”dagi taqdiri so‘roq ostida turibdi. Mavsum boshida farg‘onaliklar safiga qo‘shilgan o‘yinchi Superligada 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, penaltidan 2 ta gol urdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Ubaydullaev sobiq klubi – “Metallurg” jamoasiga qaytishi ham mumkin. Bu borada tomonlar muzokara olib bormoqda. Tez orada barcha masalaga oydinlik kiritiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!