"Neftchi" "Bunyodkor"ga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi

  • 24 dekabr, 2022, 14:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Neftchi" navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga chiqishdi. Bu safargi raqib ham yana Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bo‘ldi, - bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Ushbu klub bilan bundan bir necha kun avval  “Toshkent futbol akademiyasi”  stadionida maydonga chiqishgan bo‘lib, uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan edi.

Vitaliy Levchenko boshchiligidagi jamoa bugun “Bunyodkor” stadidioni zaxira maydonida ikkinchi bor “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuv o‘tkazdi va unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona golga Abduazim Ortiqov mualliflik qildi. Ushbu o‘yindan so‘ng “Neftchi” Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulotining birinchi bosqichini  yakunladi.

“Neftchi”  bugun quyidagi tarkibda maydonda harakat qildi:

Akbar To‘raev, Muhsin Ubaydullaev, Oleksey Larin, Andrey Mishenko, Umar Adhamzoda, Xumoyun Sherbo‘taev, Doniyor Valiev, Dimitriy Lisakovich, Yuriy Batyushin, Ulug‘bek Hoshimov, Shaxzod Ubaydullaev.

Zaxiradagilar: Shuhratillo Rahmonov, Islom Abdullaev, Rahmonjon Ro‘ziev, Nodirxon Ne’matxonov, Pirmuhammedov, Fozil Musaev, Abdulloh Olimov, Nurillo To‘xtasinov,  Faxriddin Muxammadov, Sunnatillo Abdullajonov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!