
"Navbahor"ning Turkiyadagi yig‘ini yakunlandi, mashg‘ulotlar endi Namanganda olib boriladi
“Navbahor” jamoasi a’zolari Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini bugun yakunlab, yurtimizga qaytib kelishadi, bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rejaga ko‘ra, “lochinlar” qisqa muddatli ta’tildan so‘ng, yangi mavsumga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini 22 fevraldan Namanganda davom ettirishadi.
“Lochinlar” Belekdagi yig‘inni 3 fevral kuni boshlagandi. Ushbu yig‘in davomida No‘’mon Hasanov shogirdlari 5 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishdi.
“Navbahor”ga mazkur o‘yinlarda Qozog‘istonning “Ordabasi” (1:2), “Oqjetpes” (2:3), Rossiyaning “Krasnyy” (0:3), Latviyaning “Valmiera” (3:1) va Ukrainaning “Obolon” (1:1) jamoalari raqib bo‘lishdi.
Fikrlar