
"Navbahor"ga yangi murabbiy tayinlash marosimi bo‘lib o‘tdi
"Lochinlar"ni endilikda serbiyalik Deyan Jurjevich boshqaradi. Birozdan so‘ng esa uning ishtirokidagi matbuot anjumani boshlanadi.
Unda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, shuningdek, klub rahbariyati ham ishtirok etishmoqda.
Ma’lumot uchun, Deyar Jurjevich murabbiylik faoliyatini 2007 yil 40 yoshida Serbiya olimpiya terma jamoasida boshlagan. 2008-2009 yillarda mahalliy "Chukarichki", 2009-2011 yillarda esa OFK klublarida faolliyat olib borgan.
2011-2012 yillarda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyligiga keladi. So‘ng yana vataniga qaytib ketadi. 2015-2017 yillarda esa Samvel Babayanga O‘zbekiston milliy terma jamoasida yordam bergan.
Anjuman boshida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqdi va klubda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar haqida gapirdi. Shuningdek, bunga qadar "lochinlar"ga ustozlik qilib kelgan Andrey Kanchelskis etarli sabablarga ko‘ra iste’foga chiqarilgani qayd etib o‘tildi.
Ayni paytda Namangan shahar hokimi, "Navbahor" futbol klubi prezidenti Sh.Abdurazoqov va Deyan Jurjevichlar rasmiy shartnomani imzolashdi.
Deyan Jurjevich so‘z olib, jamoaga taklif etishgani uchun minnatdorchilik bildirib, o‘z a’nanalariga ega klubda ish boshlaganidan xursand ekanligini bildirdi. Jurjevich O‘zbekistondagi faoliyati davomida Namanganda bo‘lganligini va muxlislar bilan to‘la o‘yingohda o‘yin ko‘rsatish qiyin kechganligini aytib o‘tdi.
Jamoa sardori Jahongir Mehmonov va rossiyalik himoyachi Igor Golbanlar ham so‘zga chiqib, viloyat va klub rahbarlari tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirib, muxlislarni hursand qilish uchun bor kuch va mahoratlarini namoyish etishlarini bildirishdi. Jurjevichga xush kelibsiz deya iliq fikrlarni bildirishdi.
Taqdimot marosimi so‘nggida Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozarov va jamoa bosh murabbiyi Deyan Jurjevichlar jamoa futbolchilari bilan suhbat o‘tkazishdi. Shu tariqa taqdimot marosimi yakuniga etkazildi.
Fikrlar
Endi hammasini unutgan holda jurjevichni qullab quvatlaymiz zora biz kutgan OCHLga olib chiqsa
Sports.uz saytiga esa xamisha omad zõr sayt ekan iloxim ishlashda charchamela gap yõq zõr????????????????????????
#Navbahor_champion