"Navbahor" va "So‘g‘diyona" kubok doirasida ikki marta to‘qnash kelgan va unda...

  • 14 oktabr, 2022, 17:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi yarim finalidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qiladi. 

Tecno

“Navbahor” O‘zbekiston kubogini 3 marta – 1992, 1995 va 1998 yillarda qo‘lga kiritgan hamda 1993 yili final ishtirokchisiga aylanib, hal qiluvchi bahsda “Paxtakor”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.

“So‘g‘diyona” esa hali billur sovrinni qo‘lga kiritmagan.

Mazkur jamoalar O‘zbekiston kubogi o‘yinlarida ikki bor o‘zaro kuch sinashgan. 2005 yilgi O‘zbekiston kubogining 1/8 finali doirasida kechgan ikkita o‘yin yakuniga ko‘ra, namanganliklar 1/4 finalga yo‘l olgandi. 

 2005 yil, 26 may

“So‘g‘diyona” – “Navbahor” – 2:1 (1:0)

Jizzax. 3000 tomoshabin.

Gollar: Rasul Hayitov (42, 90+3-pen.) - Arif Mirzoev (73).

2005 yil, 4 iyun

“Navbahor” –  “So‘g‘diyona”  – 3:1 (2:1)

Namangan. 8000 tomoshabin.

Gollar: Islom Inomov (12), Tohir Madrahimov (41), Arif Mirzoev (56) - Zokir Berdiqulov (34).

Demak, oradan 17 yil o‘tgach, ushbu klublar O‘zbekiston kubogining yarim finalida o‘zaro to‘qnash kelmoqda.

 

Manba: “Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!