
"Navbahor" va "Qizilqum" Superligada 48 marta to‘qnashgan (Prevyu)
O‘zbekiston Superligasining 12-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.
Mazkur jamoalarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mazkur klublar 48 marta o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lishgan. Ushbu bahslarda “Navbahor” 21 marta, “Qizilqum” esa 14 marta g‘alaba qozongan, 13 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan.
To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik namanganliklar tomonida - 64–48.
O‘zaro o‘yinlarda “Navbahor” 76, “Qizilqum” esa 55 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Namanganliklarning navoiyliklar ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 4:0 bo‘lsa, “Qizilqum”ning bu boradagi natijasi 3:0 ga teng.
Ushbu klublarning Namanganda bo‘lib o‘tgan 24 ta uchrashuvidan 13 tasida “lochinlar” zafar quchishgan, 7 ta o‘yinda esa durang natija qayd etilgan, 4 ta bahsda navoiyliklar g‘alaba qozonishgan.
Namangandagi o‘yinlarda “Navbahor” 39 ta gol urib, o‘z darvozasidan 19 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Jamoalarning barcha o‘yinlari natijalari quyidagicha ko‘rinishga ega:
2000 yil
“Zarafshon” – “Navbahor” – 0:2
“Navbahor” – “Zarafshon” – 1:2
2001 yil
“Navbahor” – “Zarafshon” – 1:0
“Zarafshon” – “Navbahor” – 3:1
2002 yil
“Zarafshon” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Zarafshon” – 4:0
2003 yil
“Navbahor” – “Zarafshon” – 2:2
“Zarafshon” – “Navbahor” – 0:2
2004 yil
“Navbahor” – “Zarafshon” – 5:2
“Zarafshon” – “Navbahor” – 2:2
2005 yil
“Zarafshon” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Zarafshon” – 2:1
2006 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1
“Qizilqum” – “Navbahor” – 3:0
2007 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:2
“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:1
2008 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1
2009 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1
2010 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1
2011 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:0
“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:0
2012 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:0
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:1
2013 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:1
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:0
2014 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 3:1
“Navbahor” – “Qizilqum” – 2:0
2015 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 3:2
“Navbahor” – “Qizilqum” – 2:1
2016 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:2
2017 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 2:1
“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:2
2018 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:0
“Qizilqum” – “Navbahor” – 2:0
2019 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:2
“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:1
2020 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:0
“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:2
2021 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:0
2022 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:2
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:0
2023 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:0
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:2.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Qizilqum” uchrashuvi 20 iyun kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 20:00 da start oladi.
Fikrlar