"Navbahor" nihoyat, muxlislar kutgan xabarni e’lon qildi

  • 1 mart, 2022, 13:28
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” – “Nasaf” o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar bugun soat 14:00dan sotuvga chiqadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Chiptalar Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Kamolot” bog‘i, “Markaziy” o‘yingoh, “Sport” mehmonxonasi, Namangan shahrining “Chorsu” dahasi, 
“Sardoba” dahasi kassalaridan xarid qilishingiz mumkin. Rasmda chiptalar 50 000 va 100 000dan ekanligini bilib olish mumkin.

photo_2022-03-01_13-20-46

Viloyat hokimi "Navbahor" jamoasining tanishtiruv marosimida biletlar qimmat bo‘lishini aytgandi. Buning sababini pastroqdagi linkda bilib olishingiz mumkin.

“Navbahor” – “Nasaf” o‘yini 3 mart kuni soat 18:30da start oladi.

"Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvining chiptalari nega qimmat bo‘lishi ma’lum qilindi

IMG_1555

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gulomqodir Askhanov
01/03/2022 14:08
Интернет оркали сотилганда хам Зур булар Эди хозирги кунда поезд самалет чипталари саехат турлари сотилаетганидек