"Navbahor" matbuot xizmati Diyor Imomxo‘jaevning Samvel Babayan borasidagi fikrlarini klub rasmiy saytiga joyladi. Bu nimani anglatadi? (Foto)
Bugun PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida Samvel Babayan haqida o‘z qarashlarini bayon qilgandi. Unda tashkilot rahbari ushbu mutaxassisning biror klubda ish boshlashi shu ligada intrigani oshirishi borasida fikr bildirgan.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay "Navbahor" matbuot xizmati ham ushbu postni klub rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlariga joyladi.
"Navbahor"da murabbiy o‘zgarishi mumkin yoxud bir yildan beri davom etayotgan muzokara nihoyat, yakunlanishi kutilmoqda

"Samvel Babayanning biror klubda ish boshlashi shu ligada intrigani oshiradi". - Babayanni tanqid qilgan Diyor Imomxo‘jaev nega endi bunday fikr bildirmoqda?
Demak, Samvel Babayanning jamoani qo‘lga olishi bo‘yicha bildirilgan xabarlarimiz asosli. Ya’ni klub yuqoridagi xabar bilan bunga ishora qilgandek bo‘ldi.
Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.



Fikrlar
Яна ўша гап....
..........................щ......щщщщ..............
Байрамларни айлантирдинг мотамга
ФАНАТЛАРНИ ТЎҒРИ ТУШУН БАБАЯН....