
"Navbahor" futbolchisi to‘liq o‘ynagan uchrashuvda Tojikiston durang qayd etdi
Tojikiston U-23 terma jamoasi Dubayda Vetnam U-23 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Mazkur o‘yinda “Navbahor” klubining yarim himoyachisi Exsoni Panshanbe tojikistonliklar safida to‘liq ishtirok etdi.
Tojikistonning Vetnam termasiga qarshi uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi. “Istiqlol” hujumchisi Rustam Soirov 88-daqiqada gol urib jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.
Vetnam (U-23) – Tojikiston (U-23) – 1:1 (0:0)
11 oktyabr. Dubay. «The Sevens» stadioni.
Gollar: Le Xuan Tu, 82 - 1:0. Rustam Soirov, 88 - 1:1.
Tojikiston (U-23): Shohrux Kirg‘izboev, Alijon Karomatullozoda, Vaxdat Xanonov, Xuseyn Nurmatov (Shohrux Sangov, 63), Manuchexr Safarov (Naimjon Ibragimzoda, 75), Karomatullo Saidov (Shuhrat Elmurodov, 81), Shervoni Mabatshoev (Daler Yodgorov, 63), Islom Zoirov (Sharifbek Rahmatov, 75), Exsoni Pandshanbe, Shahrom Samiev (Sorbon Avgonov, 63), Rustam Soirov.
Chetlatish: Alijon Karomatullozoda 90+3.
Fikrlar