"Navbahor" etakchisi portugaliyaliklarda qiziqish uyg‘otdi

  • 23 dekabr, 2020, 16:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 8-o‘rinni egallagan “Navbahor” klubi joriy mavsumda turlicha taassurot qoldirdi. Lekin jamoa safida o‘yin sur’atini o‘zgartirib yubora oladigan futbolchilar talaygina. Shu sababli klub futbolchilariga qiziqishlar bor.

Tecno

Ayniqsa, “Navbahor” etakchisi Aziz Turg‘unboev doimo boshqalarning e’tiborini qozonib kelmoqda. Yarim himoyachi joriy chempionatda 25 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi. Bu yilgi mavsumda ham u jamoasining eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘ldi.

Shuning uchun bo‘lsa kerak, Turg‘unboevga chetdan jiddiy chorlovlar bo‘lyapti. Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, Aziz o‘z o‘yinlari bilan portugaliyaliklarni ham o‘ziga jalb etganga o‘xshaydi. Boisi, yaqinda Portugaliya klubidan qiziqish bo‘lgan. Xo‘sh, futbolchi o‘z omadini Evropada sinab ko‘radimi? Bu boradagi rejalari qanday?

Tez orada u bilan uyushtirilgan suhbatni saytimizda o‘qishingiz mumkin.

SPORTS.UZni kuzatishda davom eting!    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Benazir mix
23/12/2020 22:01
Oxirgi kunlada ko'p yolg'on habarla yozvossila. Yolg'onmi mishmishmi buni blmadim. Sports.uz pragrammani o'chirb tashimammi diyman
&
нодирбек.фк насаф
23/12/2020 16:57
ШАРОФ МУҲИТДИНОВ БАА ШАБАБ АЛ АҲЛИ КЛУБУ БИЛАН КЕЛИШУВГА ЭРИШДИ НАСАФ ОЛЬГА