
"Navbahor" bosh murabbiy masalasida qanday yo‘l tutadi?
Xabaringiz bor, “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayanning sog‘ligida muammolar yuzaga kelganligi va davolanish ko‘p vaqtni talab etishi bois klub bilan tuzilgan shartnomasi bekor qilgan edi. Ikkinchi davrada "lochinlar"ni kim boshqarishi hozircha no’malum.
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, "Navbahor" katta extimol bilan xorijdan murabbiy olib kelmaydi. Raxbariyat kuchli tarkibga ega jamoa bilan shu mavsumning o‘zidayoq sovrin yutmoqchi. Xorijlik mutaxassis moslashib olishi uchun "Navbahor" vaqt bera olmaydi.
Ma’lumot uchun, namanganliklar birinchi davradan so‘ng 19 ochko jamg‘arib, 7-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar