
"Navbahor" - "Andijon": Matnli translyatsiya
Ayni paytda O‘zbekiston kubok finali "Navbahor" - "Andijon" o‘yini start olgan. Quyida mazkur bahsni matnli translyatsiya orqali kuzatib borishingiz mumkin.
1' - O‘yin boshlandi
9' - "Andijon" jarima zarbasini amalga oshirdi. Ammo vaziyat havfli tus olmadi. Natijada Sanjar Quvvatov to‘pni osonlik bilan egallab oldi
12' - "Navbahor" ximoyachisi Filip Ivanovich raqib hujumchisi Rustam Turdimurodovni jarima maydoni ichida biroz turtib yubordi. Ammo bosh hakam o‘yinni davom ettirish kerakligini ko‘rsatdi.
23' - Bahsda biroz to‘xtalish ro‘y berdi. Farhodbek Bekmurodovga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
26' - "Andijon" navbatdagi hujumini uyushtirdi. Ilhom Abdug‘anievning havolatib uzatgan to‘pini Farruh Sayfiev qaytarib yubordi
30' - Hujum qilish navbati "Navbahor"da. Siyavash Haqnazarining uzatmasini bu safar andijonliklar futbolchisi bartaraf etdi
37' - "Andijon" futbolchisi Abdurahmon Komilov bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogoxlantirildi
43' - "Andijon"dan navbatdagi tezkor reyd. Ammo yakunga kelganda Turdimurodovning zarbasi biroz noaniq chiqdi
44' - Siyavash Haqnazari Eldor Adhamovning qo‘pol hatosidan so‘ng, deyarli bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni yo‘llay olmadi
45' - Birinchi bo‘limga 3 daqiqa vaqt qo‘shib berildi
45' - Dastlabki bo‘lim yakunlandi.Tabloda hozircha 0:0 hisobi porlab turibdi
46' - Ikkinchi bo‘lim boshlandi
52' - Aleksandr Homyakov shogirdlari yana bir standart vaziyatga ega bo‘ldi. Ammo yana noaniq hujum bilan vaziyat yakunlandi
53' - Goool. "Navbahor" hisobni ochdi. Abrorbek Ismoilov pushka zarbasi bilan "Andijon" darvozasini ishg‘ol etdi
65' - Uxx. Ruslanbek Jiyanov aniq va kuchli zarba yo‘lladi. Ammo Eldor Adhamov bu safar o‘zini ko‘rsata oldi
67' - Sardorbek Azimov tezkorlik bilan qanotdan kirib borayotgandi. Ammo u Jamjid Boltaboev tomonidan to‘xtanib qolindi
70' - Ruslanbek Jiyanov juda qulay vaziyatga ega bo‘lgandi. Ammo u to‘pni o‘zidan-da qulay vaziyatda turgan sherigiga oshirmasdan zarba berdi. Jiyanovning zarbasi esa, ancha noaniq chiqdi
74' - "Navbahor" tarkibida o‘zgarish. Siyavash Haqnazariy o‘rniga maydonga Sardor Rashidov tushdi
78' - Ruslanbek Jiyanov bugun tinim bilmayabdi. U "Andijon" darvozasi tomon yana bir zarba yo‘lladi. Biroq, Eldor Adhamov ham bo‘sh kelmayabdi
80' - Bektemir Abdumannonov zarba yo‘lladi. Ammo biroz kuchsiz chiqdi
82' - Goool. Muhammadkarim Toirov super goli bilan hisobni tenglashtirdi
90' - Uxx daxshat. Ildar Mamatkazinning boshi bilan yo‘llagan zarbasini Sanjar Quvvatov qiyinchilik bilan qaytardi
90' - Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa vaqt qo‘shib berildi. "Andijon" tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi. G‘ulomov va Azimov o‘rniga Temirov va Alijonovlar o‘yinga qo‘shildi
90'+5 - Yana bir havli vaziyat. Levan Arveladzening zarbasi biroz noaniq chiqdi
90'+5 - Ikkinchi bo‘lim yakunlandi. Endi navbat 15 daqiqadan iborat qo‘shimcha taymlarga
91' - Ekstra-taymlar boshlandi
92' - Bektemir Abdumannonov ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ammo Sanjar Quvvatov yana o‘zini ko‘rsatdi
96' - Bektemir Abdumannonov burchakdan oshirgan to‘pini yana Sanjar Quvvatov egallab oldi
98' - Shahram Samiev tezlikda o‘tib ketyayotgan bir pallada Odil Hamrobekov raqibini qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Natijada u sariq kartochka ishlab oldi
105' - Birinchi ekstra-taym yakunlandi
106' - Ikkinchi 15 daqiqalik boshlandi. "Navbahor"da Boltaboev va Ismoilov o‘rniga Tojiddinov va Tabatadze, "Andijon"da esa, Komilov o‘rniga Islombek Mamatkazin tushdi
114' - Uxx. Sal bo‘lmasa, Levan Arveladze o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘yishi mumkin edi
116' - Goool. "Andijon" taym boshlandi. Zahiradan maydonga tushgan Islombek Mamatkazin boshi bilan gol urib ketmoqda
119' - Goool. "Navbahor" bu hisobiga ko‘nmadi. Ruslanbek Jiyanovning uzatmasini Toma Tabatadze golga aylantirdi
120' - Ikkinchi qo‘shimcha bo‘limga 2 daqiqa vaqt qo‘shib berildi
120+2' - Goool. Vauuv qanday gol. Vladimir Bubanya "Andijon"ni salkam OChLga olib chiqmoqda
Bo‘ldi. Tugadi. "Andijon" g‘alaba qozondi. Bu jamoa bunday natijaga albatta loyiq edi. Endi kelasi yili bu yigitlar Osiyo chempionlar ligasi -2 turnirida ishtirok etadi
Fikrlar