
Natan Ake: U futbolga boshqacha qarash bergan daho
Natan Ake shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirib, "Manchester Siti"da o‘ynash zavqi haqida gapirdi.
“Bu dunyoning eng yaxshi klubi, menda hech qanday shubha yo‘q. Men har kuni "Manchester Siti" futbolchisi ekanligimdan faxrlanaman.
Bu klub barcha sohalarda mukammallikni talab qiladi va bu rivojlanish uchun ideal sharoit yaratadi. Bu meni rag‘batlantiradi va yaxshilanishimga yordam beradi.
Pep - futboldagi eng yaxshi murabbiy va futbolga boshqacha qarash bergan daho. Shuning uchun men u bilan ishlashda davom etishni haqiqiy sharaf deb bilaman. Pepning men uchun qilgan barcha ishlaridan minnatdorman", - dedi himoyachi.
Fikrlar