
“Nasaf” — “As-Sadd” uchrashuvi chiptalari sotuvda
OChL 2-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Al-Sadd” uchrashuvi chiptalari sotilmoqda. Chiptalarni “Nasaf” futbol klubining rasmiy sayti orqali va o‘yingoh kassalaridan xarid qilishingiz mumkin.
Chiptalar narxi bilan tanishing:
CIP sektor — 100 000 so‘m;
1,2,6,7,8 sektorlar — 50 000 so‘m;
3,4,9,10,11 sektorlar — 40 000 so‘m;
12,13,14,15,16,17,18 sektorlar — 45 000 so‘m;
Eslatib o‘tamiz, Superliga va O‘zbekiston Kubogi uchrashuvlariga kirish imkoniyatini beruvchi abonementlar bilan OChL uchrashuvlariga kirish imkoniyati mavjud emas.
Fikrlar