"Nasaf" yana bir etakchisidan ayrilishi mumkin

  • 20 dekabr, 2020, 11:31
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nasaf" futbolchisi Islom Kenjaboev jamoasini o‘zgartirishga yaqin to‘ribdi.

Tecno

Kenjaboevning "ajdarlar" bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etgan. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, klubning yangi bitim borasidagi taklifi Islomni qoniqtirmagan. U o‘z kuchini boshqa jamoada sinab ko‘rmoqchi.

kenjaa

Ma’lumotlarga qaraganda, Kenjaboev xizmatiga Superliga chempioni "Paxtakor"dan taklif bor. Qolaversa, uning oldida faoliyatini xorijda davom ettirish varianti ham mavjud.

Islom yakunlangan mavsumda 26ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 2ta assist yozdirib qo‘ygan.

kenjaboev

Avvalroq, "Nasaf"ning yana bir etakchisi Bobir Abdixoliqov ham jamoani tark etishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik. Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
20/12/2020 12:45
Qerga ketsa ham keyin faoliyatiga omad tillaymiz. Nasaf qancha uyinchi ketsa shuncha yahshi chunki. kurdik Nasaf shu yil ham uyin taraflama bir bosh ustin ekan. shunday ekan. Nasaf uyinchilari boshqa kamanda bersa. raqiblari shuncha kuchaysa Nasaf zerikib qolmaydi keyin. Nasafka Raqib kamanda shuncha kuchayadi.