"Nasaf" va "Neftchi" orasidagi farq 7 ochkoga etdi

  • 25 sentabr, 23:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Xorazm" klublari o‘rtasidagi to‘qnashuvda qarshiliklar raqibini 2:1 hisobida taslim etdi. 
 
Dastlab, uchrashuvning 45-daqiqasida "Xorazm" futbolchisi Shahrom Samiev hisobni ochdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib esa Sharof Muhitdinov oradagi farqni yo‘qqa chiqarib, hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 80-daqiqasida Sherzod Nasrullaev "ajdarlar"ni oldinga olib chiqqan holda, muhim 3 ochkoni taqdim etdi. 

Tecno

Ushbu g‘alaba orqali "Nasaf" ochkolarini 52 taga etkazib oldi va etakchilikni mustahkamladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!