
"Nasaf" sport direktori "Andijon"da ish boshlashi mumkin
Yaqindagina tajribali Aleksandr Xomyakov bilan shartnoma imzolagan “Andijon” klubi tarkibi tez orada yana bir mahoratli mutaxassis bilan boyishi mumkin.
Bizga etib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra Qarshining “Nasaf” klubi sport direktori Nikolay Minchev ham tez orada “burgutlar” safida ish boshlaydi.
Ma’lumot uchun, “Andijon” Superliganing ortda qolgan 11 ta tur yakunlariga ko‘ra 9 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar