"Nasaf" OFK tomonidan e’tirof etildi

  • 16 iyun, 2022, 16:47
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zingizga ma’lum, hozirgi kunda yurtimiz 23 yoshli futbolchilar o‘rtasida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogiga mezbonlik qilmoqda. Qarshidagi “Markaziy” o‘yingoh ham musobaqaning “B” guruhidan o‘rin olgan futbol uchrashuvlariga, bundan tashqari O‘zbekiston va Eron jamoalari bellashuvlariga ham mezbonlik qildi.

Tecno

Qarshidagi so‘ngi uchrashuvdan so‘ng OFK delegatsiyasi a’zosi Brayn Jonson musobaqani yuqori saviyada tashkil etishda ko‘rsatgan yordamlari uchun viloyat rahbarlariga, homiy tashkilot "Shurtan gaz kimyo majmuasi"ga va “Nasaf” futbol klubi ishchi-xodimlariga tashakkur izhor etib, minnatdorchilik belgisi sifatida OFK tomonidan taqdim etilgan yorliqni “Nasaf” futbol klubi rahbari Alisher Ismailovichga topshirdi.

"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!