"Nasaf" muxlislarini quvontiradigan xabar: Ro‘ziqul Berdiev hech qaerga ketmaydi!

  • 26 yanvar, 2022, 19:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nihoyat, O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi, 10 yildan beri "Nasaf"ga ustozlik qilib kelayotgan Ro‘ziqul Berdiev ham o‘zining masalasiga oydinlik kiritib oldi. Klub matbuot xizmatining xabarida shunday deyiladi:

Tecno

"O‘zingizga ma’lum, “Nasaf” so‘nggi 10 yillikda Ro‘ziqul Berdiev bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Ro‘ziqul Sa’dullaevich ham “Nasaf”dagi faoliyati davomida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar ustozi” davlat mukofoti bilan taqdirlandi, O‘zbekistonning 5 karra eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

“Nasaf” Ro‘ziqul Berdiev murabbiyligi davrida O‘zbekiston chempionatining to‘rt marta bronza medallarini, ikki marta kumush medallarini, ikki marta O‘zbekiston Kubogi va bir marta O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi. 2021 yilgi mavsumda asosan “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan tarkib topgan jamoa bilan OFK Kubogi finaligacha etib bordi.

berdiev10_3

Yangi mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni, xususan O‘zbekiston Superkubogi, O‘zbekiston chempionligini va O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritish hamda xalqaro maydonlarda vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga bor e’tiborini qaratayotgan “Nasaf” klubi rahbariyati Ro‘ziqul Berdiev bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Ro‘ziqul Berdiev 2023 yilning so‘nggiga qadar jamoa bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib boradi".

Bungacha murabbiy Sports.uz saytiga bergan intervyusida jiddiy takliflar bo‘lgani haqida aytgandi. Ammo o‘zida ham "Nasaf"dagi faoliyatini davom ettirish istagi kuchli edi. Shu sababli klub muxlislarini quvontiradigan xabar yangradi va Berdiev hech qaerga ketmaydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!