"Nasaf" legioner futbolchini tarkibga qo‘shib olishi kutilmoqda

  • 5 yanvar, 2023, 16:31
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z "telegram" kanalida ma’lum qilishicha, ayni damda "Nasaf" bazasida tojikistonlik legioner Muhammadjon Rahimov ko‘rikda bo‘lib turibdi. O‘tgan mavsumni "Istiqlol"da o‘tkazgan o‘ng qanot vingeri "ajdarlar" bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Tecno

Rahimov nafaqat o‘ng qanot himoyasi, balki markaziy hujumchi va hujum ortida ham to‘p tepishi mumkin. Ayni damda futbolchining o‘zi Qarshida qolishni istamoqda, ammo yakuniy qarorni "ajdarlar" murabbiylar shtabi qabul qiladi.

Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!