
"Nasaf" ikki yildan so‘ng "So‘g‘diyona"ga gol urdi
Superliganing birinchi turida "So‘g‘diyona" "Nasaf" mehmoni bo‘lib, mag‘lubiyatga uchramoqda. Uchrashuvda Sharof Muhitdinov ajoyib zarbasi bilan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 35-daqiqada futbolchi uzoq masofadan zarba berdi va to‘p darvozadan joy oldi.
O‘tgan mavsum davomida bo‘lib o‘tgan ikkita o‘yinda ham "ajdarlar" "So‘g‘diyona" darvozasiga gol ura olmagan edi. Ikkala bahsda ham "bo‘rilar" 1:0 hisobi bilan zafar quchgan.
So‘nggi marta "Nasaf" Jizzax klubini 2023 yilda ishg‘ol qilgandi. O‘sha uchrashuvda Akmal Mozgovoy va Oybek Bozorov o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘yishgan.
Fikrlar