"Napoli" RPLdan futbolchi xarid qilishi mumkin

  • 20 iyul, 2020, 19:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rai Sport jurnalisti Chiro Veneratoning xabariga ko‘ra, "Napoli"ga TsSKA yarim himoyachisi Niko Vlashichni xarid qilish taklif qilingan.

Tecno

Xorvatiyalikning transferi bo‘yicha taklif "Napoli"ga o‘tishga yaqin bo‘lgan "Lill" hujumchisi Viktor Osimxenning sobiq agenti orqali bildirilgan. 

Ta’kidlanishicha, Vlashichning transferi uchun 15 mln evro talab qilingan va futbolchining maoshi yiliga 1,5 mln evroni tashkil etishi mumkin.

Tomonlar bu borada muzokara o‘tkazib ulgurgan, ammo Neapol klubi birinchi galda braziliyalik Allanni sotib yuborishi kerak bo‘ladi.

RPLning joriy mavsumida 22 yoshli Vlashich 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!