
"Napoli" kutilmaganda o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi (video)
UEFA Evropa ligasi guruh bosqichining 1-turida “Napoli” o‘z maydonida Gollandiyaning AZ jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Neapol shahridagi “San Paolo” o‘yingohida kechgan o‘yin kutilmaganda mezbonlarning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Mehmonlarga g‘alaba keltirgan yagona golni 57-daqiqada Dani de Vit kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar