Nani Fernandeshdan "Siti"ga o‘tmasligini so‘ragan

  • 7 mart, 2020, 12:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"U paytlar biz Fernandesh bilan "Sporting"da birga o‘ynardik. Men u bilan mashg‘ulotlarda birga ishlardim va bu yigitchada nimadir borligini his qilardim. Men unda APL, La Liga yoki Evropaning boshqa kuchli chempionatlarida o‘ynab ketish uchun etarli potentsial borligini sezardim.

Tecno

Qishki transferlar oynasi ochilmasdan oldin unga Angliyaning ko‘plab grandlari qiziqib qolishdi. Ayniqsa, Manchester jamoalari uni o‘z saflariga qo‘shib olishni istashardi. Shunda men unga "Yunayted"ga o‘tishi kerakligini aytdim. "Siti"ga o‘tgan taqdirda taktik vazifani bajaraman, deb o‘zi yoqtirgan futbolni o‘ynay olmasligi mumkinligi haqida ogohlantirdim. U MYu bilan shartnoma imzolaganini eshitganimda juda quvondim", - dedi "Orlando Siti" futbolchisi Nani.

Ma’lumot uchun, Nani 2007-2015 yillar mobaynida "mankuniyaliklar" sharafini himoya qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!