
Nagelsmanni terma jamoada olib qolishmoqchi
Yulian Nagelsmanni Germaniya terma jamoasi murabbiyligida qoldirishmoqchi. Bu haqda "BILD" nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya futbol ittifoqi mutaxassis bilan hamkorlikni 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin ham davom ettirishni xohlaydi. Tomonlar shartnomani yana ikki yilga uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Nagelsmann 2023 yilning sentyabr oyidan beri Germaniya terma jamoasini boshqarib kelmoqda.
Fikrlar