
Nagaevning jamoasi Turkiyada serb klubiga imkoniyatni boy berdi
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Ivan Nagaev faoliyat olib boradigan Qozog‘istonning “Ordabasi” klubi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni Turkiyada davom ettirmoqda.
Bugun chimkentliklar mazkur yig‘in doirasida Serbiyaning “Dinamo Vrane” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.
Ushbu o‘yinda qozoq klubi 1:2 hisobida raqibga imkoniyatni boy berdi. Hamyurtimiz esa uchrashuvda ishtirok etmadi.
Nazorat o‘yini
“Ordabasi” (Qozog‘iston) – “Dinamo Vrane” (Serbiya) 1:2.
Fikrlar