
MYuning yangi futbolchisi qaysi raqamda o‘ynaydi?
"Manchester Yunayted" safiga yangi kelib qo‘shilgan futbolchi Odion Igalo mankunianliklar safida qaysi raqamda to‘p surishi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra 30 yoshli nigeriyalik futbolchi yangi jamoasida 25-raqamda to‘p suradi.
Eslatib o‘tamiz, MYu Igaloni Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubidan mavsum oxirigacha ijaraga olishgan edi. APL grandi keyinchalik futbolchini sotib olish huquqiga ega.
Fikrlar