MYuning ijaradagi futbolchisi yana APLga qaytishi mumkin
"Tottenxem" "Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Caught Offside" nashri xabar berdi.
Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra, London klubi ingliz futbolchisini yozda sotib olishni rejalashtirmoqda. Ammo hujumchi hozirda "Barselona" safida ijara asosida harakat qilib kelmoqda. Lekin Markusning transfer huquqi hamon MYuga tegishli. Kataloniya klubi Reshfordni sotib olishdan bosh tortsa, "shporlar" futbolchi uchun kurashga qo‘shilishga tayyor.
28 yoshli futbolchining ayni vaqtda "Transfermarkt" portalidagi narxi 40 million evroni tashil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Markus 2016 yildan beri "qizil iblislar" safida harakat qilib keladi. Shu davr mobaynida vinger 426 ta uchrashuvda maydonga tushib, 138 ta gol kiritgan va 79 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



Fikrlar