
MYuning eng zo‘r transferi Ronaldu emas!
“Manchester Yunayted”da o‘ynagan Irlandiya terma jamoasi himoyachisi Jon O′Shi mankunianlarning eng zo‘r transferi Krishtianu Ronaldu emasligini ta’kidladi.
- Men uchun klubning eng zo‘r transferi Rio Ferdinand. Udoim barqaror o‘yin ko‘rsatgan va manchesterliklarning asosiy futbolchisi bo‘lgan. Ajoyib sherik edi.
Rio Angliya terma jamoasining ko‘p o‘yinchilarini tanigani uchun MYuga tez moslashib ketdi. Ferdinand haqiqatan zo‘r transfer bo‘lgan.
Ha, Ronalduning transferi ham birinchi o‘ringa loyiq. Lekin transferlarning umumiy jihatdan klubga foydasini inobatga olganda, Rioning olib kelingani muhimroq bo‘lib chiqadi, - dedi Jon O′Shi.
Rio Ferdinand “Manchester Yunayted”ga 2002 yilning yozida “Lids Yunayted”dan 46 million evroga olib kelingan.
Fikrlar