MYuning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi "Inter"ga o‘tmoqchi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanches yangi mavsumda ham "Inter"da to‘p qolishni rejalashtirmoqda.
"Neradzurrilar" bilan ijara shartnomasi 2-avgustda yakunlanadigan chililik futbolchi ingliz klubi rahbariyatidan "Inter"ga to‘laqonli transfer qilinishi haqida so‘rov yuborgan.
"Qizil iblislar" bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher 31 yoshli xavbekni jamoaga yordam bera olishiga umid qilmoqda va uni mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoa ixtiyoriga qaytarib olmoqchi.
"Inter"dagi ijara mavsumi davomida Sanches 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 9 ta golli uzatma berdi.



Fikrlar