
MYuning asosiy hujumchisi PSJga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladi
"Manchester Yunayted" klubi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida ishtirok etish uchun Parijga jo‘nab ketdi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda MYu murabbiylar shtabi ushbu o‘yin qaydnomasiga jarohatlangan Aleksis Sanches, Antoni Marsyal, Ander Errera, Xuan Mata, Jessi Lingard va Nemanya Matich kabi futbolchilar kiritilmagan. Bundan tashqari Pol Pogba diskvalifiya sabab ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Biroq, ushbu bahsda ishtirok etishi so‘roq ostida deya aytilayotgan Markus Reshford o‘yin qaydnomasiga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, PSJ - "Manchester Yunayted" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi. Ularning “Old Trafford”da kechgan dastlabki bahsida 2:0 hisobida parijliklar g‘alaba qozonishgan edi.
Fikrlar