
MYu yulduziga narx qo‘yildi. U ketadi
“Manchester Yunayted” rahbariyati frantsiyalik yulduzi Pol Pogba bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Inglizlar 27 yoshli yarim himoyachini yozgi transferlar vaqtida sotib yubormoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda, MYu xo‘jayinlari Pogbani olmoqchi bo‘lgan jamoalardan 75 million evro talab qiladi. Avvalroq, manchesterliklar qishda transferni amalga oshiradigan klublar uchun 50 million evro miqdorida chegirma e’lon qilgan edi.
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan anchadan beri Pol Pogbani olib kelishni so‘rayapti. Biroq “Qirollik klubi”ning moliyaviy imkoniyati bunga yo‘l bermaydi. Qolaversa, madridliklar yozda asosiy e’tiborini Kilian Mbappeni olishga qaratadi.
Maurisio Pochettino PSJni qabul qilib olganidan keyin jamoani qayta qurmoqchi. Uning ro‘yxatiga Pol Pogba ham kiritildi. Shuningdek, Pogbaning agenti Mino Rayola futbolchiga “Yuventus”dan qiziqish bo‘layotganini ta’kidlayapti.
Fikrlar