MYu yozda Portugaliya terma jamoasi himoyachisini sotib olmoqchi

  • 12 may, 2019, 20:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi o‘zining himoya chizig‘ini kuchaytirish borasida izlanishlarni davom ettirmoqda.

Tecno

Daily Star tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar e’tiborini "Benfika" himoyachisi Ruben Diashga qaratgan. Ta’kidlash kerakki, 21 yoshli futbolchi o‘tgan yoz Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi safida ishtirok etgan edi.

O‘z navbatida lissabonliklar Diashning transferini 60 mln evroga baholashmoqda.

Ma’lumot uchun, Diash joriy mavsum “Benfika” safida jami 51ta o‘yinda ishtirok etdi va 4ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!