
MYu yana bir bor urinib ko‘radi
"Manchester Yunayted" "Borussiya" yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni xarid qilishga yana bir bor urinib ko‘radi. Bu haqda "Eurosport" yozmoqda.
Mankunianlar angliyalik futbolchi uchun 50 million funt to‘lashga tayyor. Avvalroq, "arilar" Sanchoni 100 million evrodan kamiga qo‘yib yubormasligini ma’lum qilgandi.
Jeydonning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsum 21 yoshli futbolchi 26ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi hamda 13 golga assistentlik qildi.
Fikrlar