
MYu va "Bavariya" Dibala uchun kurash boshlashdi
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala katta ehtimol bilan yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartiradi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” rahbariyati 25 yoshli argentinalik futbolchini sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Hozircha uning transferi masalasida birorta ham rasmiy taklif kelib tushmagan. Biroq, Dibalaga "Manchester Yunayted" va "Bavariya" klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Dibala “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar