
MYu sobiq futbolchisi musiqiy albom chiqarishni rejalashtirmoqda
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Erik Kantona 20 oktyarb kuni o‘z musiqiy albomini chiqarishni rejalashtirmoqda.
To‘plam "I'll Make My Own Heaven" ("O‘z jannatimni yarataman"), deb nomlanadi. Musiqachining gastrol safari shu oyning o‘zidayoq boshlanadi. U Manchester, London va Dublinga borishni rejalashtirmoqda.
Sobiq futbolchi ushbu albom borasida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Men uchun musiqa yaratish hayot tarzidir. Faqatgina mening hayotim uni yozishga olib kelishi mumkin. Nega endi yillar o‘tganidan keyin boshladim? Ilgari mening vaqtim yo‘q edi", - dedi MYu sobiq futbolchisi.
Fikrlar