
MYu sobiq futbolchisi Klass 92 egalik qiluvchi klub bilan shartnoma imzoladi
Angliyada saviya bo‘yicha to‘rtinchi divizon hisoblanadigan Liga-2 vakili "Solfrod Siti" "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Darron Gibson bilan shartnoma imzoladi.
Klub rasmiy matbuoti xabariga ko‘ra, tomonlar joriy mavsum so‘nggigagcha mo‘ljallangan kelishuvga imzo chekishgan.
32 yoshli bu vaqtgacha "qizil iblislar"dan tashqari "Everton", "Antverpen", "Vulverxempton", "Sanderlend" va "Uigan" klublari sharafini himoya qilgan. Joriy mavsumda esa u erkin agent maqomida edi.
Eslatib o‘tamiz, "Solfrod Siti"ga "Manchester Yunayted" afsonalari Rayan Giggz, Pol Skoulz, aka-uka Nevillar va Devid Bekxem egalik qilishadi.
Fikrlar