
“MYu” sobiq a’zosi Angliya ayollar termasini o‘z boshqaruviga oldi
“Manchester Yunayted” klubining sobiq himoyachisi Fil Nevill Angliya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
41 yoshli sobiq futbolchi ayollar o‘rtasidagi Evro-2021 musobaqasi oxirigacha terma jamoani boshqaradigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Fil Nevill Angliya terma jamoasi safida 59 ta o‘yin o‘tkazgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagan Nevill “MYu” va “Valensiya” klublarida bosh murabbiy yordamchisi bo‘lib ishlagan.
Fikrlar