MYu: Sancho baribir shu erga keladi!

  • 3 yanvar, 2021, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati anchadan beri transferi pishmayotgan Jeydon Sancho 2021 yilning yozida klubga kelishiga ishonch  bildirmoqda.

Tecno

O‘tgan yozda manchesterliklar angliyalik futbolchi uchun talab qilingan  120 million funtni qimmat hisoblab, transferni yakunlamagan edi. Ular bu narx pasayishini kutmoqda.

Sanchoning o‘zi ham joriy mavsumda avvalgichalik zo‘r o‘ynay olmayapti. U Bundesligada 11 ta o‘yinda maydonga tushib, hali gol ura olgani yo‘q. Faqatgina uch marta golli pas oshirdi xolos. Sanchoga da’vogar bo‘lganlarning aksariyati e’tiborini boshqa futbolchilarga qaratdi.

“Manchester Yunayted” ham agar “Borussiya” yozda narxni pasaytirmaydigan bo‘lsa, Sanchoning o‘rniga “Aston Villa” etakchisi Jek Grilishni xarid qilishini bildirdi. Qizig‘i shundaki, Sancho ham, Grilish ham faoliyatini Sulsher jamoasida davom ettirishni istamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!