
MYu Ronaldu o‘rniga kanadalik futbolchini olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" Kanada terma jamoasi va "Lill" klubi futbolchisi Jonatan Devidni qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Klub uni Ronaldu o‘rniga nomzod sifatida ko‘ryapti.
U "Lill" safida Liga 1 doirasidagi 111 o‘yinda 41 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, u ayni payt frantsuz jamoasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Uning hisobida 50 ta gol mavjud.
Ma’lumot o‘rnida, Jonatanning "Transfermarkt" portalidagi narxi 45 million evro etib belgilangan.
Fikrlar