
MYu rahbari klubda yangi tizim joriy qilmoqchi
"Manchester Yunayted" egasi Joel Gleyzer ancha vaqtdan buyon echimsiz qolayotgan sport ishlari bo‘yicha direktor lavozimini joriy qilish bo‘yicha buyruq berdi.
Jamoa boshqaruvidan Devid Gill va Aleks Fergyuson ketganidan so‘ng, transfer ishlari bilan klub vitse-prezidenti Ed Vudvord shug‘ullandi, muzokaralarni Mett Juj olib bordi.
O‘tgan o‘n yil mobaynida mankunianliklar transferlar uchun milliard funt sterlingdan ko‘p mablag‘ sarfladi, shuning uchun katta Gleyzer klubda ishchilar tarkibini qayta ko‘rib chiqish va mavsum so‘nggigacha yangi tizim joriy qilishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar