
MYu Pogbaga o‘rinbosarni "Barselona"dan topdi
“Manchester Yunayted” mavsum yakunida klubni tark etishi kutilayotgan Pol Pogba o‘rnini bosadigan futbolchi qidirmoqda.
Hozircha, manchesterliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherga kataloniyaliklar tarbiyalagan Ilaysh Moriba nomzodi ma’qul kelmoqda.
Moribaning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi o‘n oydan keyin yakunlanadi. Iste’dodli yarim himoyachi klub bilan orani ochiq qilmoqchi va yangi bitimni imzlagani yo‘q. Sulsher Moribaning kelajagi porloq ekaniga va u tez orada kuchli futbolchi sifatida o‘zini ko‘rsatishiga ishonmoqda.
Manbalarning ma’lumot berishicha, “Manchester Yunayted” mutasaddilari futbolchining agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. “Barselona” esa, klubda qolishga ko‘nmagan vunderkindni shu yoz 20-25 million evroga sotib yubormoqchi bo‘lyapti.
Fikrlar