
MYu Pogbadan qutilish yo‘lini topdi
“Manchester Yunayted” rahbariyati Pol Pogbadan tezroq qutilish uchun uni “Real” yoki “Yuventus”ga o‘tkazib yubormoqchi. Bu klublar ham transfer uchun pul to‘lashi aniq emas. Shuning uchun manchesterliklar frantsiyalik futbolchini madridliklar yoki turinliklar futbolchisiga almashtirishni rejalashtirmoqda.
“Real” tarkibida Sulsher kerak bo‘lgan ikki futbolchi to‘p surmoqda. “Manchester Yunayted” himoyachi Rafael Varan va yarim himoyachi Lukas Vaskesga xaridor hisoblanadi va Pogba uchun shu ikki futbolchidan birini so‘ramoqda.
Agar Pogbani “Yuventus” qaytarib oladigan bo‘lsa, angliyaliklar Pirlo jamoasidan hujumchilar – Paulo Dibala, Krishtianu Ronaldu yoki yarim himoyachi Aaron Remzini berishni talab qilmoqchi.
Fikrlar