MYu o‘z uyida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 25 noyabr, 2020, 02:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Istanbul Beshekshexir" bahsi yakuniga etdi va unda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

O‘yinni "Manchester Yunayted" hujumlar bilan boshladi. 7-daqiqadayoq Brunu Fernandesh burchak zarbasidan qaytgan to‘pni darvozaga yo‘lladi va hisobni ochdi. 19-daqiqada esa mehmonlar darvozaboni Mert Gyunok to‘pni ushlab qolishda xatoga yo‘l qo‘ydi va Brunu Fernandesh ochiq qolgan darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi. 34-daqiqada Markus Reshford qarshi hujumga qochib ketdi va himoyachi unga o‘z jarima maydoni ichida qo‘pollik ishlatdi, uchrashuv boshqarib borayotgan xakam 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Reshfordning o‘zi penaltini aniq amalga oshirib, farqni uchtagacha oshirdi.

Ikkinchi taymda "Istanbul" hujumda faollik ko‘rsatishni boshladi. 74-daqiqada Deniz Turuch jarima zarbasidan gol kiritib, hisobni qisqartirdi. Biroq o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqada Deniel Jeyms qarshi hujumda Meyson Grinvudning pasini gol bilan yakunlab, o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.

To‘rtinchi turdan so‘ng MYu 9 ochko bilan o‘z guruhida yaqqol etakchiga aylanib oldi. "Beshekshexir" 3 ochko bilan turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Ushbu o‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!