
MYu o‘z muammolarini “Barselona” orqali hal qiladi
“Manchester Yunayted”ning hozirgi tarkibi yuqori o‘rinlar uchun kurashish imkonini bermayapti. Yozgi transferlar vaqtida hujumkor vinger va markaziy yarim himoyachini sotib olishga ulgurmagan manchesterliklar endi bu muammolarni “Barsa”ga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilar yordamida hal etmoqchi.
Ma’lumki, Sulsher yozda Bundesligadan Jeydon Sancho va Dayot Upamekanoni olib kelishni talab qilgan, amalda esa, bu transferlar rejaligicha qolib ketgan edi.
Endi “Manchester Yunayted” rahbariyati ularning o‘rniga “Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kumanga kerak bo‘lmay qolgan frantsiyalik futbolchilar – Usmon Dembele va Samyuel Umtitini oladigan bo‘lyapti.
Qishki transferlar vaqtida inglizlar bu ikki futbolchi uchun Kataloniya klubiga 100 million evroga bo‘lgan summani taklif qilishni rejalashtirgan.
Fikrlar