
MYu "Lion" forvardiga 50 mln evro taklif qilmoqchi!
"Lion" hujumchisi Mussa Dembele "Manchester Yunayted"ning qiziqishlari doirasiga kirdi.
Angliya klubi 23 yoshli futbolchini Frantsiya kubogi doirasida "Nant" (4:3) ga qarshi kechgan uchrashuvda kuzatgan. Ushbu bahsda Dembele o‘z hisobiga gol ham yozdirib qo‘yishga erishdi.
MYu futbolchi uchun boshlanishiga 50 mln evro va qo‘shimcha bonuslarni taklif qilmoqchi.
Inglizlarning qiziqishiga Markus Reshford jarohat olgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dembele 2018 yildan buyon "Lion" sharafini himoya qilib keladi. Liga 1 ning joriy mavsumida 19 ta bellashuv o‘tkazib, 11 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar