MYu jamoadan ketadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi

  • 3 dekabr, 16:28
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bu qishda jamoani tark etishi kutilayotgan asosiy nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra, klubning bu ro‘yxatidan birdaniga to‘rt nafar futbolchi joy olgan. Ular Kobbi Meynu, Joshua Zirkze, Manuel Ugarte va Tirell Malasiyadir. Ma’lum bo‘lishicha "qizil iblislar" mazkur futbolchilar bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor. 

Bundan oldin, MYu bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoani qayta shaklantirmoqchi ekanligini ma’lumotlar chiqqan edi. "Qizil iblislar" bu sotilgan o‘yinchilar o‘rniga yuqori malakali yangi futbolchilarni jalb qilishni niyat qilgan.

Ma’lumot uchun, Amorim shogirdlari APLning 14-turida o‘z uyida "Vest Xem"ni qabul qiladi. Bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 5 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!